Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va tashkilotning vitse-prezidenti Serik Konakbayev AIBA prezidentligi lavozimiga nomzod etib ko‘rsatildi. Bu haqda Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlov xabar berdi, deb yozmoqda «Ria Novosti"ga tayanib O‘zA.

23 sentyabr kuni AIBA prezidenti lavozimiga nomzodlarni ko‘rsatish nihoyalandi. Prezidentlikka saylov 2−3 noyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadi.

«G‘ofur Rahimov va Serik Konakbayevlar nomzodi ilgari surildi», — deydi Umar Kremlev.

Aytib o‘tish kerakki, avvalroq AIBA prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi G‘ofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqandi.

XOQ Rahimovga nomzodini bekor qilishni tavsiya qilgan. Aks holda Olimpiya dasturidan boks chiqarib yuborilishi mumkinligi aytadi.

Bunday bosimlarga qaramay G‘.Rahimov nomzodini ilgari surdi.