Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 2018 yilning 22 sentyabr kuni vaqtincha «A.T.Xo‘qandiy» dahasida yashovchi Politexnika kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi I.I. o‘zaro janjal sabab shu kollejning 2-bosqich o‘quvchisi E.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea natijasida E.M. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.I. qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.