20 sentyabr kuni Buxoro viloyatida yashovchi U.H. ikki nafar sherigi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi «Muruntov» koniga qarashli zaxira qum omboriga boradi. Sheriklar o‘sha hududdan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumni o‘g‘irlashga kirishadi.
Ular Tomdi tumani hududida daliliy ashyolar bilan ushlanadi. Bu haqda O‘zA Navoiy viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
«Olg‘ir"lar o‘z qing‘irliklari sabab ichki ishlar xodimidan ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortmaslik hamda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha yengillik yaratib berishni so‘rab, evaziga 500 ming so‘m pulni pora sifatida taklif qiladi.
Tuman IIB xodimi o‘z rahbariga bergan axborotiga muvofiq, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xavfsizlik bo‘limi va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.