Fransiyaning Serji-Pontuaz universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali orqali xabar berildi.

Unga ko‘ra Serji-Pontuaz va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetlari ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik qilishadi.

Hamkorlik aloqalari boshlang‘ich va o‘rta ta’limda faoliyat yurituvchi fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ikki muassasa xodimlari va talabalari o‘rtasida o‘zaro almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib boriladi.