O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Prezidentning 2018 yil 12 apreldagi farmoniga muvofiq import tovarlari amalda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelishidan oldin tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, qaror bilan avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali O‘zbekiston bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron tarzda oldindan xabardor qilishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati hamda uni amalga oshirish sxemasi tasdiqlandi.

Oldindan xabardor qilish tartibotini amalga oshirish sxemasi quyida keltirilgan: