6−18 oktyabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi sharafini 16 sport turida 37 nafar sportchi himoya qiladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

An’anaga ko‘ra, Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladigan sportchi nomini ma’lum qiladi. Unga ko‘ra, erkin kurashchi Muhammadrasul Rahimov musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston bayroqdori vazifasini bajaradi.

Ma’lumot uchun, Muhammadrasul bungacha quyidagi natijalarni qayd etgan:

2017 yil: O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kumush medal (Tailand)

2018 yil: O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kumush medal (O‘zbekiston)

2018 yil: Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bronza medal (Hindiston).