Nozimjon Mo‘minov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» teleradiokanaliga vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda xs.uz xabar berdi.

Nozimjon Mo‘minov bunga qadar «Yoshlar» teleradiokanali AJ direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Nozimjon Mo‘minov 1976 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Yoshlar» telekanaliga rahbarlik qilib kelgan Madamin Safarov «O'zbekiston 24» telekanaliga direktor etib tayinlangan edi.