Madridning «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich FIFAning The Best-2018 tanlovida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Modrich 2017/2018 yilgi mavsumda «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqish bilan birga Xorvatiya terma jamoasi safida jahon chempionati finalida ham o‘ynadi.

Unga mazkur tanlovda sobiq jamoadoshi, endilikda «Yuventus» safida to‘p tepayotgan Krishtianu Ronaldu va «Liverpul"ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh raqobat qilgan edi.

The Best marosimida turli yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati quidagicha ko‘rinish oldi:

Pushkash sovrini — Muhammad Saloh («Liverpul», Misr terma jamoasi)

Yil murabbiyi — Dide Desham (Fransiya terma jamoasi)

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi — Reynald Pedros («Lion»)

Yil darvozaboni — Tibo Kurtua («Real», Belgiya terma jamoasi)

Yil muxlislari — perulik ishqibozlar

Yilning ramziy terma jamoasi

Darvozabon: David de Xea

Himoyachilar: Dani Alves, Rafael Varan, Serxio Ramos, Marselo.

Yarimhimoyachilar: Luka Modrich, N’Golo Kante, Eden Azar.

Hujumchilar: Lionel Messi, Kilian Mbappe, Krishtianu Ronaldu.

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Marta («Orlando Prayd», Braziliya terma jamoasi)

Yilning eng yaxshi futbolchisi — Luka Modrich («Real», Xorvatiya terma jamoasi).