Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan sayyor yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Majlisda Yunusobod tumanidagi «Matonat» mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi.

Ayni paytda qurilish ishlari to‘xtatilib, qurilish maydoni hududi obodonlashtirilmoqda, uning o‘rnida bolalar maydonchasi bunyod etilyapti. Ushbu ishlarning nihoyasiga 5 kun muhlat berilgan.