Poytaxtdagi «Aviasozlar» dehqon bozori direktori N.E. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Yashnobod tuman bo‘limi boshlig‘i R.E.ga 550 dollar miqdorida pora berayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tezkro tadbir departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashnobod tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Bunga R.Ening bildirgisi asos qilib olindi.

Tuman bo‘limi boshlig‘iga bozor hududida sotiladigan go‘sht mahsulotlarini haqiqiy miqdorini va bozorning kunlik patta tushum pullarini hisobini nazorat qilib bormaslik evaziga bo‘limi boshlig‘i R.E.ga har oyda 1500 AQSH dollari «pora» berishni taklif qilingan.

Mazkur holat yuzasidan «Aviasozlar» dehqon bozori direktoriga nisbatan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.