«O‘zbekiston pochtasi» aksionerlik jamiyati Samarqand filiali direktori Sherali Umarov pora olayotgan vaqtda ushlandi, deya xabar qilindi O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan «Gazeta.uz"ga.

Qo‘lga olish jarayoni fuqaro U. Yoqubovdan filial hududida savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurilishiga yer maydoni ajratish uchun 40 ming dollar olayotgan vaqtda sodir bo‘ldi.

Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168- modda 4- qismi (firibgarlik) va 211- modda 3- qismi (pora olish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sherali Umarovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.