Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Ravshan Shavkatovich Izamov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz «O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori bilan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tashkil etilgan edi.

Xalqaro standartlarga mos sog‘liqni saqlash infratuzilmasini yaratishga, shu jumladan, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash Milliy palataning asosiy vazifaci hisoblanadi.