Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga tayangan holda, Moskva oblasti, Mitishi shahri, Olimpiyskiy prospekti, 38-uyning 5 korpusda joylashgan omborda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Kelib chiqqan yong‘in oqibatida 2 nafar inson, shu jumladan voyaga etmagan bola xalok bo‘lgan. Halok bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi aniqlandi.

Vafot etgan fuqarolar:

Aslonova Gulsara Djurayevna, 1971 y.t.

Fayziyeva Gulnoza Mirfayzovna, 2004 y.t.

Jasadlar Mitishi shahar markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.