Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko‘chalari o‘rtasida avtomobillar harakati uchun yo‘l ochiladi. Toshkent hokimiyati IIBB bilan hamkorlikda shu haqdagi qarorni qabul qildi, deya xabar berdi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

"Mazkur uchastkada o‘sgan daraxtlarni boshqa joyga o‘tqazish ishlari olib boriladi", — deyiladi xabarda.

Hokimiyatning qayd etishicha, mazkur qaror shahar aholisining ko‘p sonli murojaatlari asosida qabul qilindi.

Kattalashtirish uchun bosing