Joriy o‘quv yilidan boshlab fizika-matematika sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis, AQSHning Texas shtatida 10 yilga yaqin vaqt istiqomat qilgan, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Laziz Saribayev universitet talabalariga dars bermoqda. Bu haqda Bu haqda universitet matbuot kotibi Guljahan Seytnazarova ma’lum qildi.

Laziz Saribayev 1995 yil Nukus davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tomomlagan.

O‘tgan yillar davomida turli tashkilotlarda ishlagan mutaxassis 2008 yilda Texas universitetining maxsus taklifiga binoan ilmiy tadqiqot ishlarini AQSHda davom ettirish maqsadida junab ketdi.

Bu yerda professor Djoye Ross boshchiligidagi «Yadro magnit rezonansi» laborotoriyasida 10 yilga yaqin vaqt samarali faoliyat olib bordi.

L.Saribayevning dunyoning yetakchi ilmiy nashrlarida ayniqsa, fizika sohasidagi eng obro‘li nashri hisoblangan «Physical Review» kabi ilmiy jurnallarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.