Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Xalifaning Rossiyadagi jahon chempionati paytidagi uchrashuvi chog‘ida OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish borasida kelishib olingan edi.

26 sentyabr kuni Toshkent shahri ushbu yig‘ilishga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan 24−25 sentyabr kunlari FIFA hamda OFKning martabali mehmonlari Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Ayni vaqtda OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon Toshkentga yetib keldi. Bugun soat 18:30 da yana bir martabali mehmon — OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Xalifa O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Toshkent bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilmoqda. Yig‘ilish Toshkent shahridagi «International» mehmonxonasida o‘tkaziladi.