Toshkent shahrining Mustaqillik, Mirzo Ulug‘bek, Do‘rmon yo‘li va Temur Malik ko‘chalarida 24 sentyabrdan boshlab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan poytaxt ma’muriyati yuqorida ko‘rsatilgan ko‘chalarda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun poytaxt aholisi va mehmonlardan uzr so‘raydi, deyiladi matbuot xizmati axborotida.