O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra endilikda vaqtincha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro xizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, ijara yoki tekin foydalanish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etishi talab etilmaydi.