23 sentyabr kuni Turkiya Respublikasining Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Turkiya parlamenti raisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Turkiya delegatsiyasi tashrifi dasturiga ko‘ra Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.