22 sentyabr kuni taxminan 6:00 da Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hududidan o‘tgan «Navbahor-Uch uy-Oltiariq-Vodil» avtomagistralida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Lacetti (davlat raqami 40 S 039 OA) haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida «VAZ-2106» (40 O 976 RA) va Lacetti (40 Q 220 DA) avtomobillari bilan urilgan.

oqibatda «VAZ-2106» va ikkinchi Lacetti yo‘l chetidagi ariqqa qulab tushib ketgan, Lacetti yonib ketgan.

O‘zbekiston FVV ma’lumotlariga ko‘ra, YTH natijasida uch kishi halok bo‘ldi, uch kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.