O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni prezident Chan Day Kuangning bevaqt vafoti munosabati bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi xalqi va rahbariyatiga chuqur hamdardlik izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, og‘ir ahvolda bo‘lgan Vetnam prezidenti Chay Day Kuang juma kuni Xanoydagi harbiy gospitalda vafot etdi.