Slovakiyada sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik kurashchilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda o‘zbek sporti tarixida ilk marotaba qizlar yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining finalida ishtirok etadi. Aktenge Keunimjayeva (-53kg) va Nabira Yesenbayeva (-62kg) bugun oltin medal uchun bahslarda yaponiyalik raqiblariga qarshi gilamga chiqadi.

Ma’lumot uchun, Aktenge musobaqa davomida Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, AQSH sportchilarini mag‘lubiyatga uchratdi. Nabira esa Qozog‘iston, Belorus hamda Italiya vakillaridan ustun kelib, finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Nabira Yesenbayeva shu yili kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida -57kg vazn toifasida va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida -59kg vazn toifasida kumush medalga ega chiqqandi.