Toshkent chorrahalaridagi videokameralar yordamida sentyabrning 20 kuni davomida avtomobillarning qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi bo‘yicha 33 ta holat qayd etildi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Bundan tashqari, 25 ta xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, 21 ta avtomobillarni piyodalar yo‘lashi bo‘ylab haydash, 17 ta avtomobilni boshqarish vaqtida mobil telefonidan foydalanish va 6 ta to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi holatlari qayd etilgan.

Avval xabar qilinganidek, 1 sentyabrdan boshlab Toshkent IIBB YXHB Kompyuterlashtirilgan tizimlar operatorlari besh turdagi YTH qoidabuzarliklarini qayd etmoqda. Buning uchun 15 nafar xodim safarbar qilingan.

Qolgan ikki turdagi qoidabuzarlik — svetoforning taqiqlangan chirog‘ida harakatlanish va ruxsat berilgan tezlikni oshirish — avtomat rejimda qayd etilmoqda. 20 kun davomida kameralar chorrahalarda 23 ta «qizil"dan o‘tish va 7 ta 1.1−7 yo‘l белгисига amal qilmaslik holatini qayd etgan.

YHQ buzilishini avtomat qayd etish tizimi shahardagi 115 ta chorrahada faoliyat ko‘rsatmoqda.