Sobir Qayumov (ism-familiyalar o‘zgartirildi) 2011 yilning 4 mayidan Zarbdor tumani Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi тур­ғун punkt inspektori vazifasida faoliyat yuritib kelgan. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudining sudyasi Nuriddin To‘xliyev «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Markaz buyrug‘iga ko‘ra, belgilangan qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida kam ta’minlangan oilalarga тa­йин­лaнaдиgaн nafaqalar bo‘yicha barcha turdagi komissiyalarda qatnashish va monitoring ishlarini amalga oshirish uning vazifasiga kirardi.

Mansabdorlik lavozimida bo‘lmagan xizmatchi S. Qayumov 2014 yilning 22 yanvar kuni tumanning Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inidan nafaqa olish to‘g‘risida murojaat qilgan fuqarolar M. Turdiyeva, Z. Norqulova, G. Raimova, S. Botirova, N. Habibullayeva, N. O‘sarova, K. Otamurodova, S. Vohidova, N. Xonnazarova, X. Nasriyeva bilan suhbatlashadi. Ularga ikki va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan farzandlari uchun nafaqa hamda moddiy ёр­daм puli tayinlashga va’da бе­риб, evaziga 50 ming so‘mdan talab qilgan va so‘ragan pullarini olib, o‘z ehtiyojiga сaрф­лaб yuborgan. Bu bilan S. Qayumov takroran va tovlamachilik yo‘li bilan xizmat vazifasi doirasiga kiradigan muayyan ishni bajarishi evaziga haq berishni talab qilish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Birinchi bosqich sudining 2014 yil 23 dekabrdagi hukmi bilan S. Qayumovga Jinoyat kodeksining 214-moddasi 2-қис­ми «a» bandi bilan Жи­ноят ко­­дексининг 57-moddasi qo‘llanilib, har oylik ish ҳa­қи­нинг 30 foizini davlat daromadiga undirgan holda uch yil axloq tuzatish ishlari va Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan ikki yil muddatga muayyan ҳу­қуқdaн mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, S. Qayumovga oid ushbu jinoyat­ ishi dastlab ikki marta birinchi bosqich sudida ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng S. Qayumovning shikoyati ви­лоят­ sudi kassatsiya sudlov hay’atida muhokama etildi. Mazkur sudlov hay’atining 2015 yil 21 maydagi ajrimi bilan birinchi бос­қич sudi chiqargan hukm o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa, qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

O‘z navbatida, S. Qayumov O‘z­бекистон Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida shikoyat bilan murojaat qildi.

Sudlangan S. Qayumov o‘zining kassatsiya tartibidagi shikoyatlarida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilishiga fuqaro M. Turdiyevaning nafaqa tayinlash hujjatlariga rad қи­лish xulosasi berganini sabab qilib ko‘rsatadi. Voyaga yetmagan farzandlariga nafaqa puli chiqmaganidan alamzada bo‘lgan M. Turdiyeva atrofiga bir necha nafar ayolni to‘plab, Q. Otamurodovaning uyida, mahalla faoli O. Hazratova, ichki ishlar bo‘limi vakili to‘planib, go‘yoki S. Qayumov ayollardan 50 ming so‘mdan pul talab qilgani va ular shu pullarni bergani haqidagi tuhmat arizani uyushtirganini vaj qilib кўр­сaтaди.

Mazkur uyushtirilgan arizaga imzo qo‘ymagan B. Xolbo‘tayeva va G. Hosilova sudda umuman so‘ralmagani, nafaqa to‘lovlari to‘g‘ri-noto‘g‘ri tayinlangani yuzasidan taftish o‘tkazilmasdan birinchi bosqich sudlari ish­ни ko‘rishga bir tomonlama yondashgani, surishtiruv davridayoq jabrlanuvchilar сo‘z­лaриdaн qaytgani e’tiborga olinmagani, M. Turdiyeva va G. Raimovadan boshqa ayollar bilan yuzlashtirish o‘tkazilmagani, sud majlisi bayonnomasi soxtalashtirilgani, ya’ni N. Habibullayevaning sud majlisida emas, balki tergovdagi кўр­сaтмaлaри hukmda aks ettirilgani, tergov va sudda aybini umuman tan olmagan бўл­сa-da, sud hujjatlarida «S. Qayumov aybiga iqror va pushaymon бўл­gaн» deb но­to‘g‘ri ko‘rsatilganini bayon qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida S. Qayumovning shikoyati jinoyat ishi materiallari bilan birga tekshirilishi lozim degan xulosaga kelingan. Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining shu yil 5 iyundagi ajrimida sud tomonidan S. Qayumovning himoya huquqi qonunda belgilangan tartibda ta’minlanmagani, uning vajlari tekshirilmagani, ishdagi mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmagani, shuningdek, kassatsiya инс­tanцияси shikoyatdagi vajlarni yuzaki tekshirish bilan cheklangani ko‘rsatib o‘tildi. Bundan тaш­қaри ish bo‘yicha jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan S. Botirova, N. Habibullayeva, G. Raimova, S. Vohidova, X. Nasriyeva, N. Xonnazarova o‘zlarining e’tiroznomasida birovlarning gapiga kirib, S. Qayumovning ustidan shikoyat yozishgani, aslida bu voqealar bo‘lmagani, o‘zgalarning gapiga aldanib, aybsiz odamga tuhmat qilishgani, ҳa­қиқaтни sudda aytishlari ҳa­қиda yozgan bo‘lsalar-da, kassatsiya instansiyasi ularni sud majlisiga chaqirib so‘rash, sudlanuvchi bilan yuzlashtirish orqali haqiqiy holatga oydinlik kiritish choralarini кўр­мagaнлиgi qayd etilgan. Юқо­риda qayd etilgan holatlar ishni yangidan ko‘rishni taqozo etgani bois, S. Qayumovga oid jinoyat ishi qaytadan kassatsiya instansiyasida ko‘rish uchun yuborildi.

Viloyat sudi kassatsiya sudlov hay’ati o‘zining shu yil 25 avgustdagi ochiq sud majlisida S. Qayumovning kassatsiya tartibida keltirilgan шикоя­тини ko‘rib chiqdi.

Oliy sud Plenumining 2014 yil 23 maydagi «Sud hukmi to‘g‘risida"gi qarori 4-bandida, ish bo‘yicha hukm ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kamchiliklar to‘ldirilgandan keyingina chiqarilishi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerakligi qayd etilgan. Sudlanuvchini jinoyatni sodir qilganini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan har bir dalil, Jinoyat protsessual kodeksining 95-moddasiga muvofiq, ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, amaldagi Jinoyat protsessual kodeksining 463-moddasida ayblov hukmi taxminlarga asoslangan бў­лishi mumkin emasligi va фa­қaт sudlanuvchining jinoyat­ sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqarilishi, ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish, ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kam-кўст­ни to‘ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yig‘ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozimligi qat’iy norma sifatida belgilab qo‘yilgan.


Bundan tashqari Jinoyat protsessual kodeksining 467-moddasida ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb e’tirof etgan жи­ноий qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va оқи­бaтлaри ko‘rsatilishi lozimligi qayd etilgan.

Birinchi bosqich sudi tomonidan ushbu qonun talablari hamda Oliy sud Plenumi қa­рорининг rahbariy tushuntirishlariga rioya etilmagan.

Sudlov hay’ati kassatsiya shikoyatida keltirilgan har bir vajning tekshirilishini ta’minlash maqsadida kassatsiya instansiyasi sudi majlisida to‘liq sud tergovi o‘tkazdi. Sudlangandan tashqari жaбр­лaнувчи deb e’tirof etilganlarning barchasi hamda guvohlar sudda ishtirok etdi.

Sudlangan S. Qayumov kassatsiya instansiyasi sudi majlisida o‘z vakolatiga biriktirilgan hududda ish bilan band bo‘lmagan aholi soni va tarkibini aniqlash, hududda joylashgan korxona va tashkilotlarda bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash, fuqarolarning o‘zi­ни o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan, ko‘p bolali, muhtoj oilalarga, qaramog‘ida 14 yoshgacha bolasi bor, ishlamaydigan onalarga tayinlanadigan va to‘lanadigan nafaqalar ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash singari vazifalar kirishini ta’kidladi. Na­фaқa pulini tayinlash uchun fuqarolardan 50 ming so‘mdan pul olmagani, bularning hammasi unga nisbatan uyushtirilgan tuhmat ekani, yakka o‘zi kam ta’minlangan, ko‘p bolali, muhtoj oilalarga, ishlamaydigan onalarga nafaqa tayinlay olmasligi, faqat xulosa berishi mumkinligi, qolgan masalalarni komissiya hal qilish vakolatiga ega ekanini qayd etib, ko‘rsatma berdi.

Jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan M. Turdiyeva, Z. Norqulova, G. Raimova, S. Botirova, N. Habibullayeva, N. O‘sarova, K. Otamurodova, S. Vohidova, N. Xonnazarova, X. Nasriyeva sudda so‘ralganida, faqat M. Turdiyevadan boshqalar Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlarning diniy-ma’rifiy, madaniy va axloqiy masalalari bo‘yicha maslahatchisi O. Hazratova shu mahallada yashovchi Ikrom akaning uyiga hammani chaqirgani, nafaqa tayinlab berish evaziga bir kishiga pul berilgani haqida aytishni tayinlagani, oilaviy sharoitlari og‘ir bo‘lgani sababli ular rozi bo‘lib, «S. Qayumovga 50 ming so‘mdan pul berganmiz» deb yozilgan arizani imzolashgani, aslida ular sudlangan S. Qayumovga pul bermaganini bayon qilishdi.

Guvoh O. Hazratova huzuriga ichki ishlar bo‘limining ikki nafar xodimi kelib, M. Turdiyevaning arizasi yuzasidan tekshirish o‘tkazilayotganini, nafaqa tayinlashni so‘rab murojaat qilgan mahalla fuqarolarini chaqirib berishni iltimos qilganini aytdi. Shundan so‘ng O. Hazratova ro‘yxat bo‘yicha fuqarolarni chaqirib bergan. «S. Qayumovga 50 ming so‘mdan pul berganmiz, unga nisbatan chora ko‘rishni so‘raymiz» degan mazmunda ariza yozish haqida da’vat qilmagan ekan. O‘zi ham S. Qayumovning fuqarolar bilan alohida joylarda gaplashganini yoki birovdan pul olganini ko‘rmagan va eshitmagan.

Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, S. Qayumovning 2014 yilning yanvarida nafaqa pullarini tayinlash evaziga faqat bir holatda, ya’ni fuqaro M. Turdiyevadan 50 ming so‘m olgan deyilgan holatdan tashqari tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilgan holda bir necha nafar fuqarodan ham takroran 50 ming so‘m­daн pul olgan deb hisoblash uchun dalil va asoslar yetarli emas. O‘tkazilgan тў­­­лиқ sud tergovi natijasi бў­­­йичa ham S. Qayumovning shunga oid ayblarini tasdiqlaydigan dalillar aniqlanmadi. Bunday vaziyatda S. Qayumovni tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilgan holda bir necha nafar fuqarodan takroriy ravishda pul olgan deb baholab bo‘lmaydi.

Qisqasi, S. Qayumovning ҳa­рaкaтлaриda Jinoyat kodeksining 214-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning formal belgilari mavjud. Biroq 2015 yil 20 aвгуст­da qabul qilingan qonunga binoan, Jinoyat kodeksining ushbu moddasi va qismi bilan шaхс­ни jinoiy javobgarlikka tortishga shunday harakatlar uchun o‘sha shaxsning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi talab qilinadi. S. Qayumov esa, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmagan. Shuningdek, unga oid jinoyat ishini kassatsiya инс­tanциясиda ko‘rish vaqtiga kelib, S. Qayumovni ma’muriy javobgarlikka tortish muddati o‘tib bo‘lgan.

Sudlov hay’ati yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqib, birinchi bosqich sudining 2014 yil 23 dekabrdagi hukmini bekor qildi. Jinoyat kodeksining 214-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan yuritilgan jinoyat ishini S. Qayumovning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatish тўғ­рисиda ajrim chiqardi.


Qisqasi, nohaq tuhmat to‘rt yarim yillik ovoragarchilik va sarson-sargardonlikka sabab bo‘ldi. Asossiz qo‘yilgan ayblov kassatsiya sudlov hay’ati tomonidan bekor qilindi. Adolat va haqiqatning yuzaga chiqishiga bir inson ko‘p mehnat va vaqt sarflashiga to‘g‘ri keldi.