21 sentyabrdan Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasi metroning Yunusobod yo‘nalishida qurilish ishlari olib borilayotgani sababli transport harakati uchun yopildi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Amir Temur shoh ko‘chasi orqali Toshkent avtomobil halqa yo‘liga chiqish uchun aylanma yo‘l tashkil etildi.

Yunusobod metro yo‘nalishining 2,9 kilometrlik qismi 2019 yilda foydalanishga topshirish belgilangan.