Oliy ta’lim muassasalariga 2018/2019 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 15sentyabrdan 30 sentyabriga qadar uzaytirildi. O‘zbekiston Ta’lim muaassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 17 sentyabrda shu haqdagi qarorni qabul qildi, deya xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi Telegram-kanalida.

Shuningdek, kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 31 oktyabr etib belgilandi.