Joriy yilning 18 sentabr kuni soat 13:40 da Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida YTH hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda markaziy ko‘chadagi avtoulovlardan bir piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchaga o‘tib ketishi oqibatida qo‘lida yosh bolasini ko‘tarib olgan onaga yengil tan jarohatini yetkazadi. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi mutasaddi rahbarlari ona va bolaning salomatligidan xabar olish maqsadida shifoxonaga bordi. Jabrlanuvchi fuqaro Qodirova Nodira Abdurahmonova va uning farzandi Baxtiyorov Saidumar Dilmurod o‘g‘li hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Shifokor Ne’mat Tugalovichning ta’kidlashicha, ona bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, ensa sohasini yumshoq tolalarini ezilishi, bola bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

YTHni sodir etgan 01 / Q 014 NA raqamli «Mersedes-Bens» xaydovchisiga nisbatan chora ko‘rilgan. Avtoulov jarima maydonchasiga olib borilgan.

Ma’lumot o‘rnida Qodirova Nodira Abdurahmonova shu kuni ikki farzandi bilan bo‘lgan. Ulardan birini 241-sonli umumta’lim maktabidan olib kelayotgan bo‘lgan. Maktab yoshidagi farzandi sog‘ salomat.