Oliy sud Sudyalarni pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda, deyiladi Norma.uz xabarida.

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 5-moddasida aytilishicha, sudyalarni va ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlashning boshqa shartlari, normalari va tartibi nazarda tutilishi mumkin. Amalda yanada imtiyozli qoidalarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Bu ularni umumiy tartibda pensiya ta’minotiga bo‘lgan huquqdan mahrum etmaydi, albatta.

Oliy sud ishlab chiqqan loyihaning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Pensiyaga chiqish uchun yosh va staj

Taklif etilayotgan Nizomga muvofiq sudyalar quyidagi pensiyalarni olishga haqli bo‘ladilar:

a) yoshga doir — sudya sifatida kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lganda erkaklar 60 yoshga va ayollar 55 yoshga to‘lganda (oddiy tartibda erkaklarga 25 yil, ayollarga esa 20 yil staj talab etiladi — tahr.);

b) nogironlik — sudya sifatidagi ish stajidan qat’i nazar mehnatda mayiblanish oqibatida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar (oddiy tartibda ham staj ahamiyatga ega emas — tahr.);

v) umumiy kasallik tufayli nogironlik — nogironlik boshlangan paytga qadar sudya sifatida quyidagi ish stajiga ega I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar:


Loyihaga ko‘ra sudyalar uchun

Umumiy tartibga ko‘ra

Yoshi

Sudya lavozimidagi ish staji

(yil)

Yoshi

Ish staji

30 yoshga to‘lmagan shaxslarni sudya lavozimiga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi

23 yoshga qadar


2

23 yoshdan 26 yoshga qadar


3

26 yoshdan 31 yoshga qadar


5

30 yoshdan 40 yoshga qadar

3

31 yoshdan 36 yoshga qadar


7

36 yoshdan 41 yoshga qadar


9

40 yoshdan 50 yoshga qadar

7

41 yoshdan 46 yoshga qadar


11

46 yoshdan 51 yoshga qadar


14

50 yoshdan 60 yoshga qadar

10

51 yoshdan 56 yoshga qadar


17

56 yosh va undan oshganda


20


g) boquvchisini yo‘qotganlik — vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari. Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:

  • bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
  • ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular pensiya yoshiga to‘lgan (erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda) yoki nogiron bo‘lsalar;
  • yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
  • buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.

Shuni qayd etib o‘tamizki, quyidagi hollarda sudya lavozimidan boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslarning ham yoshi va ish staji yuqorida ko‘rsatilgan tartibdagidek qo‘shib hisoblanadi:

  • Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan;
  • sudya Qonunchilik palatasi deputati yoki Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylanganda (tayinlanganda);
  • O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zosi sifatida tayinlanganda.

Sudya sifatida pensiya tayinlash huquqini beruvchi ish stajiga ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda bo‘lish davrlari qo‘shib hisoblanmaydi.

Pensiyani hisoblash qoidalari

Pensiya miqdori har bir aniq holatda uning tayanch miqdori va ustama haqlardan kelib chiqib hisoblanadi. Hisoblash qoidalari jadvalda ko‘rsatilgan:

Qoida

Loyihaga ko‘ra sudyalar uchun

Umumiy tartibga ko‘ra

Pensiyaning tayanch miqdori

Pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish haqiga quyidagilar qo‘shiladi:



lavozim maoshi, shuningdek barcha turdagi ustama haqlar, qo‘shimcha to‘lovlar, sh. j. ko‘p yil ishlaganlik, martaba darajasi uchun qo‘shimcha to‘lov, mukofotlar va boshqa to‘lovlar.


qonun hujjatlariga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar.

Quyidagi davrdagi ish haqi olinadi:

ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, sudya lavozimida mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket 12 oydagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha).

ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket 5 yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha).


Pensiyani hisoblash uchun quyidagi summadagi ish haqi olinadi:

10 ЭКИҲga teng — to‘li, 10 ЭКИҲдaн ortiq qismida — 50%.

8 ЭКИҲдaн ortiq bo‘lmagan.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:


a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55%i;


a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55%i, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100%i miqdorida;

b) umumiy kasallik oqibatida I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55%i;

b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55%i, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100%i miqdorida;


v) mehnatda mayiblanish oqibatida I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 75%i;

v) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30%i;



g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga mehnatda mayiblanish oqibatida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 40%i.


v) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30%i, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50%i miqdorida;



g) ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30%i, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100%i miqdorida.

Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi

Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari oshiriladi:


a) yoshga doir pensiya — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 2%i miqdorida;

a) yoshga doir pensiya — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1%i miqdorida;

b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 2%i miqdorida;

b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1%i miqdorida;

v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun — boquvchining o‘rtacha oylik ish haqining 1%i miqdorida.



v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun — boquvchining o‘rtacha oylik ish haqining 0,5%i miqdorida.


Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.

Alohida qoida: pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun jami pensiyalarning bazaviy miqdorlari ko‘pi bilan o‘rtacha oylik ish haqining 75%iga oshiriladi.



Loyihada taklif etilgan pensiyalarga ustama haqlarni tayinlash tartibi umumbelgilangan tartibdan jiddiy farq qilmaydi.

Sudyalarga pensiya tayinlash va to‘lash uchun kim mas’ul?

Nizomga muvofiq quyidagilar pensiya tayinlash bilan shug‘ullanadi:

  • Konstitutsiyaviy sud — Konstitutsiyaviy sudning sudyasi bo‘lib ishlagan shaxslarga;
  • Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti — Oliy sud sudyasi, shuningdek 2017 yil 1 iyungacha Oliy xo‘jalik sudi sudyasi, doimiy asosda faoliyat yurituvchi Sudyalar oliy kengashi a’zolari, shuningdek sudlarda (2017 yil 1 iyungacha umumiy yurisdiksiya va xo‘jalik sudlarida) ishlagan sudyalarga.


Keyingi faoliyat turidan qat’i nazar, 15 yil sudya sifatida ishlagan, umumiy asoslarda pensiya tayinlangan shaxslarga Nizomga muvofiq pensiyani qayta hisoblash huquqini berish rejalashtirilmoqda. Bunda oxirgi sudyalik lavozimidan kelib chiqib va Nizom kuchga kirgan kundagi sudyaning tegishli lavozimi bo‘yicha ish haqini hisobga olib, qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.

Pensiya tayinlash uchun komissiyalar tuziladi. Komissiya pensiya tayinlash to‘g‘risida ariza boshqa zarur hujjatlar bilan birga kelib tushganidan e’tiboran 10 kun muddatda tegishli qaror (pensiya tayinlash, pensiya tayinlashni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish haqida va b.) qabul qiladi.


Ushbu Nizomga va Qonunga muvofiq bir vaqtning o‘zida pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga uning tanloviga ko‘ra pensiyaning bitta turi tayinlanadi.


Pensionerga sudyaning pensiya guvohnomasi beriladi, u rasmiy hujjat hisoblanadi.


Hujjat loyihasida quyidagilar ham qayd etilgan:

  • pensiyalarni tayinlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
  • pensiyalarni tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqarish va tasdiqlash tartibi;
  • pensiyalarni tayinlash tartibi;
  • pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish tartibi;
  • pensiyalarni qayta hisoblash tartibi;
  • pensiyalarni to‘lash tartibi;
  • pensiyalar hisobini yuritish va saqlash tartibi.