«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashabbusi bilan joriy yilning 29 sentyabr kuni «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yonidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda muassasa saytida xabar berildi.

Ushbu konsert dasturi xalq sayli tarzida o‘tkaziladi. Uni tomosha qilish bepul.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi ko‘radigan, san’atsevar o‘zbek xalqiga o‘z qo‘shiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak bo‘ladi. Ayni damda unda 10 nafar estrada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi.

Ma’lumot uchun: ushbu konsert dasturi 29 sentyabr kuni, soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.