O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan idoralararo oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universitetida Innovatsion pedagogika o‘zbek-belorus qo‘shma fakulteti tashkil etilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegramdagi kanali orqali berilgan xabarga ko‘ra, қўшма fakultetga dastlab logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafar talaba qabul qilinadi. O‘quv jarayonlari ikkala universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan eng ilg‘or tajribalar asosida olib boriladi.

Talabalar o‘quv jarayoni va amaliyotning bir qismini Belarusda o‘tishadi hamda bitiruvchilarga Belarus va Toshkent davlat pedagogika universitetlarining diplomi (double degree) beriladi.