Vazirlar Mahkamasi notarial harakatlarni amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni (ma’lumotnomalarni) olish uchun notarial idoralarning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha 6 ta ma’muriy reglamentni tasdiqladi (14.09.2018 yildagi 733-son VMQ). Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

6 ta reglamentdan 4 tasi ko‘chmas mulkni rasmiylashtirishga, 2 tasi esa yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar olishga taalluqli.

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi yangiliklarni o‘zining Telegram messenjerida qisman yoritgan. Quyida reglamentlarning mazmuni haqida batafsilroq ma’lumotlar taqdim etilgan.

Notarial harakat turi

Notarius oladigan hujjat nomi

Jismoniy va yuridik shaxslar notarial idoraga murojaat qilgan paytdan boshlab so‘rovnoma yuborish muddati

So‘rovnoma kimga yuboriladi

So‘rovnoma shakli

Javoblarni olish muddatlari

Javob olingandan keyin notarial harakatlarni amalga oshirish uchun muddat

Turar joy oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlash

Turar joyda doimiy propiskada bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotnoma

20 daqiqa

Turar joy joylashgan hududdagi ichki ishlar organiga

1. Kurer orqali;

2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat;

2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida

30 daqiqa

Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini notarial tasdiqlash

Kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlar

20 daqiqa

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti idoralari hamda oqova suvlarni chiqarish xizmatlari

1. Kurer orqali;

2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat;

2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida

30 daqiqa

Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini notarial tasdiqlash

Bino va inshootlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumot

15 daqiqa

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tumanlardagi (shaharlardagi) filiallariga

1. Kurer orqali;

2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat;

2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida

30 daqiqa

Xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini notarial tasdiqlash

xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar haqidagi ma’lumot

15 daqiqa

Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlari, Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» DUKga

1. Kurer orqali;

2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat;

2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida

30 daqiqa

Jismoniy shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan har qanday notarial harakatlar

Jismoniy shaxsning biometrik va pasport ma’lumotlari

Notarial harakat amalga oshirilganda

Ichki ishlar organlari va Davlat personallashtirish markaziga

Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

Real vaqt rejimida

Notarial harakatning turiga qarab 15−30 daqiqa ichida

Yuridik shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan har qanday notarial harakatlar

Yuridik shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar (yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi, ta’sis hujjatlari, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan, STIR

15 daqiqa

Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdagi davlat xizmatlari markaziga