O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lov tizimi keng ommalashgan. So‘nggi vaqtlarda to‘lov tizimlarini rivojlantirish uchun zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish borasida qator kamchiliklar mavjudligi ko‘zga tashlanmoqda.

To‘lovlar davomiyligini ta’minlash, sohaga innovatsion mahsulotlarni jalb etish, mavjud bank xizmatlari va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish davr talabiga aylanib bormoqda.

Bu boradagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda «Banklararo Milliy protsessing markazi» tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu maqsadlar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 19 sentyabrda imzolagan «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida nazarda tutilgan.