Joriy yilning 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U vazirlik binosida uchrashdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv doirasida Madaniyat vaziri ikki mamlakat an’analari va madaniyatining yaqinligi hamda o‘zbek xalqining Koreya xalqi san’atiga bo‘lgan qiziqishi va hurmati beqiyosligi haqida ta’kidladi.

Shuningdek, Koreya Kvon Yon U ham O‘zbekiston madaniyati va san’atiga bo‘lgan cheksiz hurmatini bayon etdi. Xususan, yaqinda o‘tkazilgan «Xalqaro maqom anjumani» unda katta taasurot uyg‘otgani, festival o‘ta yuqori saviyada tashkillashtirilgani va mehmonlarga yaratilgan qulayliklar jahon standartlari darajasida ekanligini aytib o‘tdi. Ayniqsa, O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan ilk bora tashkil etilgan Xalqaro maqom sa’ati anjumani butun dunyoni maqom san’atiga chorlagani e’tirof etildi.

Suhbat davomida joriy yilning 22 sentyabrdan 2 oktyabrga qadar Toshkent Jizzax va Qarshi shaharlarida «Koreya festivali — 2018» tadbiri bo‘lib o‘tishi bo‘yicha kelishib olindi. Tadbirning har tomonlama yuksak tashkillashtirilishi uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.