Tashkent City qurilishi munosabati bilan Toshkentning Shayxontohur tumanidagi Furqat ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi va aylanma yo‘l tashkil etiladi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Maxsus texnikalar harakatlanishi uchun joriy etilgan cheklov qurilish ishlari yakuniga yetguniga qadar (muddai ma’lum qilingani yo‘q) amalda bo‘ladi.