27−28 sentyabr kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook orqali xabar qildi.

Tashrifning birinchi kuni qator ikki tomonlama tadbirlarda qatnashadi. 28 sentyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi.

Tor va keng doiralarda muzokaralar o‘tkazilishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.