O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik rasmiy sayti orqali xabar berildi.

Xususan,

podpolkovnik Hamrayev Sheralixon Ahmadxonovich Namangan viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

kapitan Xudoyberdiyev Abrorjon Asqaraliyevich Surxondaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

mayor Abdullayev Sodirjon Solijonovich Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.