Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari MIB bilan hamkorlikda sud buyruqlari asosida 1929 ta holatda 62,9 mlrd so‘mlik ijro varaqalar to‘liq undirilgan bo‘lsa, 39,3 mlrd.so‘m mablag‘lar qisman undirilishi ta’minlandi. Bu haqda Jizzax viloyat DSB jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Viloyat bo‘yicha 2018 yil 1 sentyabr holatiga jami 158,7 mlrd. so‘m soliq qarzdorliklarini undirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 61-moddasi «Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani bajarish"ga asosan, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzdorligi uchun 2018 yilningo‘tgan davri davomida jami 184,7 mlrd.so‘mga 112869 ta ogohlantirish talabnomalar berilib, shundan 52,4 mlrd. so‘m undirildi.

Soliq kodeksining 62-moddasi «Soliq qarzini majburiy undirish choralari"da belgilangan majburiy undiruv choralari ko‘rilishi natijasida hisobot davrida yangi hosil bo‘lgan soliq qarzlari bilan birga 2018 yilning sakkiz oyi davomida:

O‘z vaqtida to‘lab berilmagan soliq qarzdorligi uchun Soliq kodeksining 63-moddasi «Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so‘zsiz undirish"ga asosan,

169,7 mlrd.so‘mga 516756 ta inkasso topshiriqnomalari qo‘yilib, shundan 47,2 mlrd. so‘mi undirib olindi.

Soliq qarzdorligini Soliq kodeksining 64-moddasi «Undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish"ga asosan, debitorqarzdorligi hisobidan undirish maqsadida 22,4 mlrd. so‘mga 908 ta inkasso topshiriqnomalari qo‘yilib, shundan 16,7 mlrd. so‘m undirib olindi.

Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish maqsadida Soliq kodeksining 65-moddasi «Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish"ga asosan, Iqtisodiy sudlarga 143,7 mlrd. so‘mlik 7115 ta arizalar kiritildi.

Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limlarida soliq qarzdorliklarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mol-mulkidan undirish maqsadida chiqarilgan 6108 ta 72,0 mlrd. so‘mlik iqtisodiy sudining ijro varaqalari qoldiq ijroda turibdi. To‘lanmagan soliqlarni majburiy tartibda undirish davom ettirilmoqda.