18 sentyabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni — gubernator o‘rinbosari general-mayor Jeyson Boyls boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Uchrashuvda tomonlar mudofaa sohasida O‘zbekiston-Amerika hamkorligi rivojlantirish hamda harbiy-texnik va harbiy kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlaridagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi. Markaziy Osiy mintaqasida xavfsizlik muammolari to‘g‘risida fikr almashish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasiga tashrif buyurib, kursantlar hayoti, oliy harbiy ta’lim muassasasi vazifalari va boshqalar bilan tanishdi.