2018 yilning 18 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Dushanbeda o‘tkazilgan MDH mamlakatlarining adliya vazirlari kengashi yig‘ilishda ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda MDH mamlakatlarida yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida ma’lumot uzatish va saqlash bo‘yicha eng yangi texnologiyalardan foydalanish, jazoni ijro etish organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishni qonuniy tartibga solish hamda Hamdo‘stlik davlatlarida turli jinoiy javobgarlikka tortish choralari bo‘yicha tajriba almashildi.

Shuningdek, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar mexanizmlarini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish maqsadida materiallar tayyorlash ekspertlarining yig‘ilishi hamda MDH mamlakatlari adliya vazirlari kengashi Ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv davomida 2018 yilda Tojikistonning MDH davlatlaridagi raisligi masalasi ham muhokama qilinadi.