Uzcard tizimi faoliyatida yana uzilish sodir bo‘ldi. Nosozlik taxminan 22:55da boshlandi, Payme to‘lovlar xizmati foydalanuvchilarni Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan ulanishda muammolar vujudga kelishi haqida ogohlantirdi.

Kompaniya matbuot markazining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, uzilish tizim bosqichma-bosqich yangilanayotgani bilan bog‘liq.

«Tizim bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Natijada qisqa muddatli uzilishlar kuzatilayapti. Yangilanishlar vaqti yuklamaga bog‘liq», — dedi Yagona umumrespublika protsessing markazi vakili.