O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Xususan,

polkovnik Norgitov Shuhrat Erkinovich, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Ahmedov Olimjon Tursunboyevich, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.