O‘zbekiston insoniy rivojlanish indeksi yuqori bo‘lgan davlatlar guruhiga kirib, 105- o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining insoniy salohiyat rivoji to‘g‘risidagi hisobotida so‘z boradi.

Reytingdan jami 189 davlat o‘rin olgan. Unda asosiy ko‘rsatkichlar ta’lim darajasi, o‘rtacha umr davomiyligi va aholi jon boshiga YAIM hajmidan iborat. Gender tengligi, ayollar huquqlari va imkoniyatlari, ekologiya hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ham hisobga olingan.

Insoniy rivojlanish indeksi juda yuqori bo‘lgan davlatlar guruhidan 59 mamlakat joy oldi. Norvegiya birinchi, Shveysariya ikkinchi va Avstraliya uchinchi bo‘ldi. Rossiya (49-o‘rin) va Qozog‘iston (58) ham ushbu guruhdan joy oldi.

O‘zbekiston insoniy rivojlanish indeksi yuqori bo‘lgan 60−112- pog‘onalardagi davlatlar qatoridan o‘rin egalladi. Bunda Qozog‘istondan keyin Markaziy Osiyoda ikkinchi bo‘ldi. 108- o‘rin bilan Turkmaniston ham guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Qirg‘iziston 122-, Tojikiston esa 127- o‘rin bilan o‘rtacha rivojlangan davlatlar (113−151) guruhiga kirdi.

Janubiy Sudan, MARva Niger esa reytingda so‘nggi o‘rinlarni band etdi.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha umr 71,4 yilni, ta’lim davomiyligi 11,5 yilni va aholi jon boshiga YAIM hajmi 6470 ming dollarni tashkil etadi.