Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyda «O‘zbekkino» milliy agentligi tasarrufidagi «Multiplikatsion filmlar studiyasi» davlat unitar korxonasi tomonidan suratga olingan «G‘ildirakli uy» va «Hayot daryosi» nomli multfilmlar namoyish qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berildi.

«O‘zbekkino» milliy agentligi davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqariladigan multiplikatsion filmlar sonini 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boshlab 50 taga yetkazishni rejalashtirgan.