Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar 17 sentyabr kuni ITB Guruhi va Arab jamg‘armalari Muvofiqlashtiruvchi guruhi delegatsiyasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi, deya xabar qildi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tashrif doirasida 18−19 sentyabr kunlari «ITB Guruhi kuni» anjumani hamda Arab jamg‘armalari Muvofiqlashtiruvchi guruhi ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Ularda bosh vazir o‘rinbosari. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suxrob Xolmurodov ishtirok etadi.

O‘tgan yilning may oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi vaqtida Islom taraqqiyot banki rahbari bilan uchrashgan edi.