Mamatisayev Qudratali Yigitaliyevich Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Q.Mamatisayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasida soliq inspektori lavozimidan boshlab, 1997 yilgacha u ushbu inspeksiyada turli lavozimlarda ishlagan.

1997−2009 yillar davomida Davlat soliq qo‘mitasida mas’ul lavozimlarda faoliyatini davom ettirgan. 2009−2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonida faoliyat yuritgan. 2014−2016 yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 2016−2018 yillar mobaynida Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.