O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, 2018 yilning 13 sentyabr kuni Namangan viloyatining Namangan shahar «Yangi tong» mahalla fuqarolar yig‘ini 5a-kichik tumanida joylashgan 4 qavatli 19-uyning 3-qavatida joylashgan 35-xonadonda elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 20 kv.m. maydonda pol qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan maxsus texnika yordamida 4-qavatda joylashgan 4 ta xonadondan 12 nafar shaxs qutqarib qolindi. Qutqarilgan shaxslardan bir nafari nogiron, bir nafari chaqaloq va to‘qqiz nafari ayollar bo‘lgan.