Janubiy Koreyaning Suvon shahrida navbatdagi professional boks oqshomi nihoyasiga yetdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda o‘zbekistonlik bokschi Husniddin Po‘latov yarimo‘rta vazn toifasida ringga chiqdi. Ushbu jangda u indoneziyalik Soxlan Koral raqiblik qildi. 12 raundga mo‘ljallangan bahsda hamyurtimiz 6-raundda raqibini nokautga uchratdi va WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.

Po‘latov professional ringda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14-jangini o‘tkazdi. Husniddin janglarning 10 tasida g‘alaba qozongan (5 ta nokaut). 3 marotaba esa mag‘lubiyatga uchragan (3 ta nokaut). Indoneziyalik bokschining ko‘rsatkichlari esa quyidagicha: 24 ta jang, 17 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat.