Toshkent axborot texnologiyalari (TATU) va Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi, deya xabar qildi AKT vazirligi matbuot xizmati.

Qo‘shma fakultet bitiruvchilari OTMlarning qo‘sh diplomiga ega bo‘lib, magistratura ta’limini TATU yoki BDIRUda davom ettirishlari mumkin.

Mutaxassislar rus tilida BDIRUning quyidagi mutaxassisliklari va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oladi: axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti, dasturlashtiriluvchi mobil tizimlari va sun’iy intellekt.

Fakultetda tahsil olish pulli bo‘lib, ikki bosqichda tashkil etiladi, ulardan birinchisi TATUning birinchi va ikkinchi bosqich talabalariga ta’lim berishni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqichda o‘qish Belorusda bo‘lib o‘tadi hamda uchinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari tahsil olib, diplom loyihasi ham himoya qilinadi.