5−14 sentabr kunlari Yaponiyaning Kitakyushu shahrida pauerlifting bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada mintaqaning 29ta davlatidan 200 nafarga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi. Bahslarda ishtirok etgan ikki nafar O‘zbekiston atletlari oltin medalga sazovor bo‘ldi, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.

Yoshlar o‘rtasida kechgan bahslarda -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Muslima Nuriddinova 72 kg toshni ko‘tarib, birinchi o‘rinni egalladi. Kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda esa -55kg vazn toifasida Roza Qo‘ziyeva 115 kg natija ko‘rsatib, oltin medal sohibasiga aylandi.