Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, Minskka jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaga tovar ayirboshlashning yuqori sur’atini ta’minlash, yaqin yillarda uni bir milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.